Breadcrumb

Santen kompaniyasining O'zbekiston uchun Maxfiylikka rioya qilish siyosati

Maxfiylikka rioya qilish bo'yicha majburiyatlarimiz

Ushbu sayt (www.santen.uz) ma’muri Santen Oy kompaniyasi hisoblanadi (bu yerda va keyin – "Santen" yoki "Santen Oy" kompaniyasi). Ushbu saytda saytga tashrif buyuruvchilar (bu yerda va bundan keyin – “siz" yoki “sayt foydalanuvchilari”) Santen kompaniyasining faoliyati haqida umumiy ma'lumot olishlari mumkin (quyida batafsil ma'lumot uchun qarang).

Santen Oy kompaniyasi o'z faoliyatini O'zbekistonda Santen Oy mahalliy vakolatxonasi orqali amalga oshiradi. O'zbekistonda joylashgan Santen Oy tomonidan to'plangan har qanday va barcha shaxsiy ma'lumotlar siyosatda ta'rif etilganidek (quyida aytib o'tilganidek) Santen Oy tomonidan amaldagi qonunlar va ma'lumotlarni muhofaza qilish to'g'risidagi Nizomlariga muvofiq yig'iladi va qayta ishlanadi.

Santen kompaniyasi shaxsiy ma’lumotlarni sir tutishning muhimligini tushunadi va xizmat ko'rsatuvchi provayderlar, bemorlar, klinik tadqiqotlar ishtirokchilari, jamoatchilik vakillari, xodimlar, nazorat organlari va sog'liqni saqlash tashkilotlari, sog'liqni saqlash xodimlari va biznes hamkorlari, shu jumladan, biz bilan hamkorlik qiladigan barcha shaxslarning shaxsiy ma'lumotlarining maxfiyligini ta'minlash uchun zarur bo'lgan barcha choralarni ko’radi.

Kirish

Ushbu maxfiylik siyosati (bu yerda va bundan keyin — "siyosat") Santen kompaniyasi bilan o'zaro aloqada bo'lgan shaxslarning shaxsiy ma'lumotlarini to'plash, qayta ishlash va himoya qilish tartibini tavsiflaydi. Ushbu siyosatning maqsadi veb-saytimizdan foydalanganda yoki kompaniyamiz bilan o'zaro aloqada bo'lganingizda qarorlar qabul qilishda sizga yordam berishdan iboratdir.

Shaxsiy ma'lumotlarni ko'rsatishdan oldin va (yoki) saytimizdagi elektron shakllarni to'ldirishdan oldin ushbu siyosatni diqqat bilan o'qishni tavsiya etamiz. Bizning saytimizga tashrif buyurisb yoki shaxsiy ma'lumotlaringizni bizga ma'lum qilish orqali, ushbu siyosatga muvofiq shaxsiy ma'lumotlaringizni to'plash, ulardan foydalanish va oshkor qilishga rozilik bildirgan hisoblanasiz.

Siyosat qo’llanilishi doirasi

Ushbu siyosat bizning saytimiz foydalanuvchilariga, Santen kompaniyasining hissadorlariga, Santen kompaniyasi bilan hamkorlik qiladigan jamoatchilik vakillariga, Santen mahsulotlaridan foydalanadigan bemorlarga, Santen kompaniyasi tomonidan homiylik qilingan klinik tadqiqotlar ishtirokchilariga, shuningdek, kompaniya bilan ish yuzasidan munosabatlariga ega bo'lgan shaxslarga, masalan, yetkazib beruvchilar, pudratchilar, maslahatchitlar, nazorat organlari vakillari, xodimlar, agentlar, yetkazib beruvchilar va hamkorlar vakillariga, shuningdek Santen kompaniyasining ofislariga tashrif buyuruvchilarga tegishlidir.

Siyosat va boshqa maxfiylik xabarnomalari

Ushbu saytning asosiy maqsadi Santen kompaniyasining faoliyati haqida ma'lumot berishdir. Shuning uchun, aksariyat hollarda foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini to'plash talab qilinmaydi.

Saytning ba'zi bo'limlarida, jumladan, "Ishga qabul qilish" bo'limida, kontakt aloqa ma'lumotlari va tibbiy so'rovlar shaklida asosiy sahifada, tegishli funksiyalarga qiziqqan foydalanuvchi ma'lumotlarni taqdim etish/yig'ish shaklini to'ldirishi kerak. Bunday hollarda foydalanuvchilar har doim o'z ma'lumotlarini o'z hohishiga ko'ra taqdim etishga haqli. Shu bilan birga, qonunda foydalanuvchilarga maxfiylik to'g'risida majburiy bildirishnoma taqdim etiladi, unda ma'lumotlar va boshqa ma'lumotlardan foydalanish tartibi ko'rsatilishi kerak. Shaxsiy ma'lumotlaringizni ko'rsatishdan oldin ushbu bildirishnomalarni diqqat bilan o'qishni tavsiya etamiz.

Bundan tashqari, ayrim hollarda shaxsiy ma'lumotlarni to'plash boshqa maqsadlar uchun zarur bo'lishi mumkin. Qonunga muvofiq, bu axborot oshkoraligini ta'minlash va foydalanuvchilarni to'g'ri xabardor qilish maqsadida maxfiylik bayonnomalarida aniq ko'rsatilishi kerak.

Maxfiylik to'g'risidagi bunday bildirishnomalar har bir xizmat doirasida shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashning cheklanishlarini va usullarini aniqlaydi, uning mazmunini hisobga olgan holda, tashrif buyuruvchilar o'z xohishiga ko'ra (zarur hollarda), shu jumladan ma'lumotlarni to'plash va undan keyingi foydalanish huquqiga ega.

Santen kompaniyasi tomonidan quyidagi shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash tartibi haqida batafsil ma'lumotni quyidagi havolalar orqali olish mumkin:
 

Kompaniya to'playdigan shaxsiy ma'lumotla

Biz sizning shaxsiy ma'lumotlaringizdan quyidagilarni to'plashimiz va qayta ishlashimiz mumkin

  • Ism va familiya, pochta manzili va (yoki) elektron pochta manzili, telefon raqami, tug'ilgan sanasi va boshqa ma'lumotlar, jumladan, raqamli fotosuratlar va tasvirlar, sizning aloqa sozlamalaringiz kabi umumiy ma'lumotlar; Santen kompaniyasiga yuborilgan so'rovlar;
  • Sizning kasbiy faoliyatingiz bilan bog'liq ma'lumotlar, masalan, sizning ishchi pochta manzilingiz va elektron pochta manzilingiz, ish telefoningiz raqamlari, lavozim/kasb nomi, ta'lim to'g'risidagi ma'lumotlar, kasbiy malaka, ish tajribasi, turli tashkilotlarga a'zolik, ijtimoiy tarmoqlarda, dasturlar va tadbirlarda ishtirok etishingiz;
  • Shaxsiy ma'lumotlar, masalan, Santen tomonidan xizmat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar, jumladan, Santen kompaniyasining muassasalariga kirish uchun ro'yxatdan o'tish/identifikatsiyalash ma'lumotlari (jumladan, hisobga olish kartasi raqami);
  • Sizga xizmat ko’rsatuvchi bankning nomi, hisob raqami, kredit kartangiz raqami (uchinchi tomon xizmat ko'rsatuvchi provayderlarga xizmat ko'rsatish maqsadida) kabi moliyaviy ma'lumotlar;
  • shaxsiyati aniq bo'lgan yoki aniqlanmaydigan shaxslarga tegishli biometrik/genetik ma'lumotlar va faqat amaldagi qonunchilikka (shu jumladan, Santen kompaniyasining xavflarni boshqarish va dori-darmonlar xavfsizligi dasturlari yoki Santen kompaniyasining muassasalariga tashrif buyuruvchilarni jalb qilish uchun) ruxsat berilgan va zarur bo’lgan hollarda sog'liqqa oid ma'lumotlaringiz; shuningdek,
  • Saytdan foydalanish natijasida olingan raqamli ma'lumotlar yoki Santen kompaniyasi tomonidan IP-manzillar, ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchining hisobga olish ma'lumotlari, xodimning shaxsiy raqami, brauzeringizning turi va versiyasi, vaqt zonasi, foydalanuvchi tomonidan bir sahifani ko'rish davomiyligi, ichki marshrutni tahlil qilish va (yoki) Foydalanuvchining operatsion tizimi va kompyuter vositalariga taalluqli boshqa parametrlar, brauzer plaginlarining turlari va versiyalari, operatsion tizim va platforma, shuningdek cookie-fayllardagi boshqa ma'lumotlar. Bunday ma'lumotlarni to'plash va ulardan foydalanish faqat kengaytirilgan shaklda amalga oshiriladi va shaxsni bevosita aniqlashni istisno qiladi. Ushbu ma'lumotlar, boshqalar qatorida, saytga nisbatan yoki davlat organlarining talabiga binoan taxminiy huquqbuzarlik holatlarida javobgarlikni aniqlash uchun ishlatilishi mumkin.

Shaxsiy ma'lumotlarni olish usullari

Ko'pgina hollarda, foydalanuvchi o'z ma'lumotlarini Santen kompaniyasiga to'g'ridan-to'g'ri uzatadi, biroq ba'zi hollarda siz haqingizdagi ma'lumotlar ommaviy yoki uchinchi tomon ma'lumot manbalaridan, shuningdek, quyidagi manbalardan olinishi mumkin:

  • sizning ish beruvchingiz tomonidan, agar bizga xizmat ko'rsatuvchi provayderlarimiz xodimlarining shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash zarur bo'lsa; 
    •    Santen kompaniyasi sog'liqni saqlash sohasi xodimlari haqida ommaviy yoki uchinchi tomon manbalaridan marketing va tadqiqot maqsadlari uchun, shuningdek, kasbiy faoliyat ma'lumotlarining ishonchliligini tekshirish uchun (shu jumladan, boshqalar qatori, ommaviy ma'lumotlarga, davlat reestrlariga yoki uchinchi tomon ma'lumotlar bazalariga kirish orqali) ma'lumot to'plashi mumkin;
    •    Zarur bo'lganda, sog'liqni saqlash xodimlari yoki boshqa uchinchi shaxslar Santen kompaniyasining bemori haqidagi ma'lumotlarini dori-darmon xavfsizligi va xavflarni boshqarish bo'yicha amaldagi qonunchilikka muvofiq taqdim etishlari mumkin;
    •    Santen kompaniyasi Sizning kompyuteringizdan yoki Santen kompaniyasining veb-saytiga kiradigan boshqa qurilmalardan ma'lumotlarni to'plashi mumkin, masalan, Internet protokoli (IP), domen nomi, internet xizmati provayderi (ISP), so'rovingizni yuborish sanasi va vaqti haqida ma'lumot va Foydalanuvchining hatti-harakatlarini kuzatish texnologiyalari yordamida olinishi mumkin bo'lgan boshqa ma'lumotlar.  Cookie-fayllardan foydalanish siyosati ga qarang.
  • Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha amaldagi qonunchilikka muvofiq, ma'lumotlar almashinuvi butun dunyodagi sho’ba korxonalarimizni o'z ichiga olganSanten kompaniyalar guruhi ichida amalga oshirilishi mumkin.

Siz har doim shaxsiy ma'lumotlarni taqdim etishdan bosh tortish huquqiga egasiz. Shu bilan birga, siz talab qilayotgan xizmatlar uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni taqdim etmaslikka qaror qilsangiz, sizga bunday xizmatlarni taqdim eta olmaymiz.

Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash maqsadlar

Santen kompaniyasi Sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni faqat amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadlarda, shu jumladan Finlyandiya (Tietosuojalaki) ning ma’lumotlarni muhofaza qilish to’g’risidagi Akti, O'zbekiston Respublikasining “Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida"gi qonuni va ushbu siyosat shartlariga muvofiq qayta ishlaydi. Ma'lumotlarni qayta ishlash quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin

  • Kompaniyani boshqarish, shuningdek sizga tovarlar va xizmatlarni taqdim etish: kompaniyaning ma'muriy boshqaruvi va xizmatlarni taqdim etish, shu jumladan sizning/ish beruvchingiz va kompaniyamiz o'rtasidagi har qanday kelishuvlarda (masalan, hisoblarni qayta ishlash va taqdim etish) ko'zda tutilgan majburiyatlarni bajarish.
  • Jismoniy shaxslar bilan o’zaro aloqalarni boshqarish: masalan, tadqiqot yoki xizmat ko'rsatish sohalari bo'yicha javoblar va sharhlar berish yoki so'rovlarni yuborish, Santen kompaniyasining tadbirlariga jismoniy shaxslarni taklif qilish, kelgusidagi xizmat ehtiyojlari bo'yicha takliflar yuborish. 
  • Hamkorlik va ilmiy tadqiqotlar o'tkazish: masalan, Santen kompaniyasi tomonidan sog'liqni saqlash xodimlari va nufuzli mutaxassislarni tanlash va ishga olishda, shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan o'zaro munosabatlarni boshqarishda yanada oqilona va obyektiv qarorlar qabul qilish maqsadida.
  • Ishga qabul qilish: Santen kompaniyasida mavjud bo'sh ish o'rinlarini to'ldirish bo’yicha talabgorlarga bo'lgan talablarini baholash uchun nomzodning kasbiy faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni qayta ishlash.
  • Bozorni tahlil qilish: faoliyatiga qonun bilan ruxsat berilgan bozorni tahlil qilish maqsadida jismoniy shaxslarning ma'lumotlarini qayta ishlash. Mahsulotlar va xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida bemor va sog'liqni saqlash xodimlari tomonidan so'rovlar va intervyular davomida ma'lumotlar to'planadi. 
  • To'g'ridan-to'g'ri marketing: reklama materiallarini taqdim etish va jismoniy shaxslarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq marketing va reklama tadbirlarida ishtirok etishga jalb qilish.
  • Saytning ishlashi: bizning saytimizdan eng qulay foydalanish va uning mazmunini har qanday qurilmada to'g'ri ifodalash.
  • Huquqiy yoki tartibga solish talablari va huquqni muhofaza qilish organlari hamda sud qarorlarining bajarilishi: kompaniya tomonidan Qonunchilik yoki tartibga solish organlari talablarini bajarish (axborotni muhofaza qilish va mahsulot sifatiga bo'lgan da'vo bo'yicha hisobotlarni taqdim etish) yoki kompaniyaning mablag'larini tibbiy xodimlarga o'tkazish bo'yicha axborot shaffofligi talablarini bajarish).

Santen kompaniyasi shuningdek, shaxsiy ma'lumotlarni qonun bilan ruxsat etilgan boshqa maqsadlarda (masalan, arxivlash, ilmiy yoki bozor tadqiqotlarini o'tkazish) yoki tegishli qonuniy talab mavjud bo'lganda (masalan, Santen kompaniyasining xavflarni boshqarish va dori vositalarining xavfsizligi bo'yicha majburiyatlarini bajarish doirasida axborotni taqdim etish uchun) qayta ishlaydi.

Ma'lumotlarni qayta ishlashning huquqiy asoslar

Santen kompaniyasi shaxsiy ma'lumotlarni quyidagi bir yoki bir nechta shartlar asosida qayta ishlaydi:

  • Sizning roziligingizni olishda (bu holda, bunday rozilik istalgan vaqtda sababni ko'rsatmasdan bekor qilinishi mumkin);
  • Agar bu siz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo'lsa; 
  • Agar ma'lumotlarni qayta ishlash kompaniyaning qonuniy majburiyatlarini bajarish uchun zarur bo'lsa;
  • Agar ma'lumotlarni qayta ishlash jismoniy shaxsning hayotiy muhim yoki qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun zarur bo'lsa; 
  • Agar ma'lumotlarni qayta ishlash jamoatchilik manfaatlarini himoya qilish yoki ijtimoiy muhim vazifalarni bajarish uchun zarur bo'lsa; yoki
  • Agar Santen kompaniyasi ma'lumotlarni qayta ishlashda qonuniy manfaatga ega bo'lsa, masalan, Santen tomonidan ilmiy va statistik tadqiqotlar doirasida ma'lumotlarni qayta ishlash, ilmiy ishlanmalar uchun, mahsulot va xizmatlarimiz sifatini yaxshilash, xodimlarni, pudratchilarni, bemorlarni, axborotni va Santen kompaniyasining boshqa aktivlarini himoya qilishni ta'minlash, jinoyatlarning oldini olish (firibgarlik, moliyaviy jinoyatlar, intellektual va sanoat mulkini o'g'irlash, shuningdek, ishlab chiqarish jarayoni va boshqa ish tartib-taomillarining yaxlitligini hisobga olgan holda), yoki boshqa, bizning faoliyatimizni amalga oshirish uchun juda zarur bo'lgan hollarda.

Maxsus  ma'lumotlar toifalari

Yuqorida aytib o'tilganlardan tashqari, Santen kompaniyasi jismoniy shaxslarga tegishli maxsus toifali ma'lumotlarni (sog'lig’ining holati, etnik kelib chiqishi, dini, kasaba uyushmalariga a'zolik, jismoniy shaxslarning genetik va biometrik ma'lumotlari va boshqalar) qayta ishlaydigan holatlarda, bunday ma'lumotlarni faqat amaldagi qonun va qoidalarga muvofiq qayta ishlashga majburdir. Bunday ma'lumotlar Santen kompaniyasi tomonidan quyidagi shartlar asosida qayta ishlanadi:

  • Jismoniy shaxsning aniq ifodalangan roziligini olishda;
  • Agar bu mehnat huquqlari va majburiyatlariga rioya qilish nuqtai nazaridan zarur bo'lsa;
  • Agar bu, har qanday shaxsning hayotiy muhim yoki qonuniy manfaatlariga rioya qilish uchun kerak bo'lsa;
  • Agar ma'lumotni qayta ishlash tibbiy xizmat ko'rsatish, kasbiy kasalliklarning oldini olish va davolash uchun tibbiy xodim bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq zarur bo'lsa; shuningdek
  • Agar ma'lumotni qayta ishlash ilmiy tadqiqotlar o’tkazish uchun zarur bo'lsa.

Boshqa saytlarga yo'naltirish

Ushbu saytdan boshqa saytlarga maxsus havolalar orqali o'tish mumkin. Santen kompaniyasi bunday veb-saytlardagi kontent uchun javobgar emas va ularni boshqa saytlarda reklama qilishni tavsiya etmaydi va ushbu saytlarda shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash tartibi yoki boshqa har qanday harakatlar, shuningdek, bizning saytimizda joylashtirilgan boshqa saytlar kontenti uchun javobgar bo'lmaydi. Maxfiylik siyosati va siz tashrif buyurgan saytlarga joylashtirilgan barcha boshqa qoidalar bilan tanishib chiqishingizni qat'iy tavsiya qilamiz. Shuni yodda tutish lozimki, ushbu siyosat qoidalari faqat Santen tomonidan to'plangan ma'lumotlarga nisbatan qo'llaniladi

Ma’lumotlarni qayta ishlash joyi va ularni uzatish usullar

Santen Oy kompaniyasi Finlyandiyada joylashgan. Santen o'z faoliyatini O'zbekistondagi vakolatxonasi ofisida, Santen Oyning O'zbekistondagi vakolatxonasi va Yaponiyaning hamda butun dunyodagi boshqa mamlakatlardagi filiallari orqali amalga oshiradi. Sizning shaxsiy ma'lumotlaringiz Yevropa Ittifoqida ("EI") / Yevropa iqtisodiy zonasida ("EEZ") joylashgan Santen kompaniyasining filiallari, Yevropa Ittifoqi/EEZ tashqarisidagi Santen sho’ba korxonalari (ma'lumotlarni muhofaza qilish to'g'risidagi amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda), shuningdek, Finlyandiya, O'zbekiston, Yevropa Ittifoqi/EEZ yoki butun dunyodagi boshqa hududlarda joylashgan alohida yetkazib beruvchilar va hamkorlar tomonidan olinishi mumkin.

Santen kompaniyasi tomonidan O'zbekistonda bo'lgani kabi ma'lumotlarni muhofaza qilishning bunday darajasini ta'minlash mumkin bo'lmagan mamlakatlarda shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashda Santen kompaniyasi qayta ishlanadigan ma'lumotlarni muhofaza qilish uchun, xususan, shaxsiy ma'lumotlaringizni ruxsatsiz kirish, foydalanish yoki oshkor qilishdan himoya qilish uchun asosli va tegishli huquqiy, texnik va tashkiliy choralar ko'rish majburiyatini oladi. Vakolatli organ tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlarning yetarliligi to'g'risida qaror mavjud bo'lmagan hollarda, Finlyandiya va O'zbekistondan ma’lumotlarni himoya qilish ta'minlamaydigan mamlakatda joylashgan filialga yoki uchinchi tomonga (nazorat qiluvchi yoki ma'lumotlarni qayta ishlash operatoriga) uzatishda xavfsizligini va ularni muhofaza qilishning tegishli darajasini ta'minlash maqsadida, Santen kompaniyasi ma'lumotlarni uzatishning tegishli usullaridan (masalan, tegishli hollarda ma'lumotlarni uzatish to'g'risidagi shartnomalarning qoidalarini bajarish) foydalanish majburiyatini o’z zimmasiga oladi. 

Uchinchi shaxslar bilan shartnoma munosabatlari va davlatlararo ma'lumotlar uzatish

Ma'lumotlarni nazorat qiluvchi sifatida xizmat qilar ekan, Santen o’ziga tegishli xodimlar hamda hamkorlarning shaxsiy ma'lumotlarini yuqori darajada himoya qilishni maqsad qilib qo'ygan. Buning uchunSantenkompaniyasi Maxfiylik va ma'lumotlarni muhofaza qilish bo'yicha maxsus uslubiyatni ishlab chiqdi va ularni Santen kompaniyasining manfaati yo’lida amaldagi ma'lumotlarni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ma'lumotlarni qayta ishlash operatorlari vazifalarini bajaradigan uchinchi tomon xizmat ko'rsatuvchi provayderlar bilan shartnoma munosabatlari doirasida ishlatadi.

Maxfiylik bilan bog'liq shartnoma munosabatlari doirasida Santen kompaniyasi ma'lumotlarni qayta ishlash operatorlari va ularning subpudratchilari (agar mavjud bo'lsa), shuningdek, qayta ishlangan shaxsiy ma'lumotlarning turlari va ma'lumotlar subyektlarining tegishli toifalari tomonidan amalga oshiriladigan ma'lumotlarni qayta ishlash ishlarining hajmini, ko'lamini, davomiyligini va maqsadini belgilaydi. Bundan tashqari, ma'lumotlarni qayta ishlash operatorining vazifalarini bajarishda xizmat ko'rsatuvchi provayderning majburiyatlari to'g'risida batafsil ma'lumot berilishi kerak, bu odatda uning maxfiylikka rioya qilish majburiyatlarini, ma'lumotlar xavfsizligi buzilgan taqdirda harakat qilish tartibi to'g'risidagi ma'lumotlarni, ma'lumotlar subyektlari va hokimiyat organlari so'rovlari bo'yicha o'zaro hamkorlik tartibi, ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha ta'sirni baholash, ma'lumotlarni chegaralararo uzatishda davlatlararo ma'lumotlarni uzatish usullari, majmuaviy huquqiy ekspertizani o'tkazish va ma'lumotlarni qayta ishlash bo'yicha subpudratchilarni jalb qilish, tegishli himoya choralarini ko'rish va shaxsiy ma'lumotlar sızdırılgan taqdirda zararlarni qoplash majburiyatlari haqida aniq qoidalar haqida to’liq ma’lumot talab etiladi.

Biz xizmat ko'rsatuvchi provayderlarimizdan axborot shaffofligini hamda ma'lumotlarini qayta ishlashda o'zlarining vakolatli xodimlari va hamkorlikda ishlovchi har qanday uchinchi tomon ishtirokchilari (ma'lumotlarni qayta ishlash subpudratchilari sifatida xizmat qiladigan) to’g’risida oldindan xabardor qilishni talab qilamiz. Agar xizmat ko'rsatuvchi provayder va (yoki) u bilan hamkorlik qilgan har qanday tashkilot Finlyandiya, O'zbekiston, Yevropa Ittifoqi va/yoki EEZDAN tashqarida bo'lsa, biz ulardan ma'lumotlarni uzatishning keyingi harakatlariga nisbatan uchinchi tomonlarga ma'lumotlar uzatishning tegishli usullaridan foydalanishni (agar kerak bo'lsa); xususan, bunday uchinchi shaxslar tomonidan olingan ma'lumotlarni himoya qilishning boshqa tasdiqlari to'g'risida qaror bo'lmasa va/ yoki chora-tadbirlar yetarli bo’lmasa, ma'lumotlarni uzatish to'g'risidagi shartnomalarning bajarilishini talab qilamiz. Ushbu yondashuv O'zbekistonda ham, undan tashqarida ham o'zaro hamkorlik qiladigan jismoniy shaxslarning ma'lumotlarini himoya qilish va maxfiyligini yuqori darajada ta'minlaydi.

Shaxsiy ma'lumotlarni oshkor qilish

Shaxsiy ma'lumotlar qabul qiluvchilarning aniqlanmagan doirasiga kiruvchilarga taqdim etilmaydi. Santen kompaniyasi sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni uchinchi tomonlarga, agar u qonuniy tijorat maqsadlariga erishish uchun zarur bo'lsa hamda amaldagi Qonunchilik talablariga muvofiq bo'lsagina rasmiy zarurat tamoyiliga asoslangan holda oshkor qilishi mumkin. Shaxsiy ma'lumotlaringizni oshkor qilish tegishli shartnoma munosabatlari bilan belgilangan tegishli himoya choralarini ko'rish orqali amaldagi qonunchilikka qat'iy muvofiq amalga oshiriladi. 

O'z faoliyatini amalga oshirish uchun Santen kompaniyasi uchinchi shaxslarga, shu jumladan jamoat, davlat (davlat organlari, shu jumladan, ijtimoiy ta'minot idoralari), nazorat-nazorat organlariga, Santen kompaniyasiga xizmat ko'rsatuvchi uchinchi shaxslarga (shu jumladan, xizmat ko'rsatuvchi provayderlar, auditorlik kompaniyalari, IT-xizmatlarni ko’rsatuvchilarga, klinik tadqiqotlarimizni o'tkazish yoki boshqarishda yordam ko'rsatuvchi tashkilotlarga, konsalting/pudrat kompaniyalariga, xosting-provayderlarga, tadbirlarni tashkil etish, banklar va sug'urta kompaniyalari, shuningdek, kompaniyaning boshqa yordamchi va ma'muriy xizmat ko'rsatuvchi provayderlari), hamkorlari va kompaniya bilan ishlaydigan tashkilotlar (shu jumladan, uchinchi tomon ilmiy xodimlari, diagnostika laboratoriyalari)ga Santen kompaniyasi tomonidan sog'liqni saqlash talablariga rioya etilishini nazorat qiluvchi va bu borada uni qo'llab-quvvatlovchilarga shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin. Bundan tashqari, Santen kompaniyasi yoki uning aktivlarining muhim qismi uchinchi tomon tomonidan sotib olingan taqdirda shaxsiy ma'lumotlar oshkor qilinishi mumkin. Bunday holda, kompaniyadagi jismoniy shaxslarning shaxsiy ma'lumotlari o'tkazilayotgan aktivlar tarkibiga kiritiladi. Bundan tashqari, Agar Santen kompaniyasi jismoniy shaxslarning ma'lumotlarini qonunga yoki nazorat organlarining talabiga yoki so’roviga binoan oshkor qilish yoki topshirishga majbur bo'lsa, shaxsiy ma'lumotlar oshkor etilishi mumkin.

Ma'lumotlarni qayta ishlash bo’yicha barcha operatorlarining nomlari to’g’risidagi to’liq ma’lumotlar Santen kompaniyasining Yevropa, Yaqin Sharq, Afrikada joylashgan maxfiy ma'lumotlarini muhofaza qilish bo'limida privacy-emea@santen.com.

Ma’lumotlarning xavfsizligi va ularni saqlas

Biz, ma'lumotlarni xavfsiz qayta ishlashni ta'minlash uchun Ushbu siyosatga, amaldagi ma'lumotlarni muhofaza qilish qonunchiligiga va xalqaro ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash standartlariga muvofiq barcha zaruriy choralarni ko'ramiz. Siz yuborgan barcha ma'lumotlar xavfsiz serverlarda saqlanadi. Ma'lumotlaringizga kirish va ulardan foydalanish tartibi bizning xavfsizlik qoidalarimiz va standartlarimiz bilan tartibga solinadi. Santen kompaniyasi sizning shaxsiy ma'lumotlaringizga ruxsatsiz kirish, ularnioshkor qilish, o'zgartirish va yo'q qilishdan himoya qilish uchun jismoniy, texnik va ma'muriy nazorat hamda xavfsizlikni ta'minlashga asoslangan chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Bunday chora-tadbirlar, boshqa amallar qatorida, tarmoqni himoya qilish tizimlari, kirishni boshqarish vositalaridan foydalanish, saqlangan axborotni shifrlash, majburiyatlarni taqsimlash va shunga o'xshash xavfsizlik tartib-qoidalarini o'z ichiga olishi mumkin. Sizning shaxsiy ma'lumotlaringizdan foydalanish huquqiga Santen kompaniyasining xodimlari orasida tor doiradagi shaxslar, shuningdek Santen kompaniyasi o'z nomidan tijorat faoliyatini amalga oshirish uchun shartnomalar tuzgan uchinchi shaxslargina ega bo'lib, bunday ma'lumotlar o'z vazifalarini bajarish uchun talab qilinadi,. Bizning xodimlarimiz maxfiylikka rioya qilish, shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash va uni boshqarish uchun tegishli va xavfsiz usullar bo'yicha maxsus o'qitildi.

Sizning shaxsiy ma'lumotlaringiz faqat ushbu ma'lumotlar olingan maqsadlarga erishish uchun ob'ektiv ravishda zarur bo'lgan muddat ichida, shuningdek, boshqa har qanday ruxsat etilgan tegishli maqsadlar uchun saqlanadi. Agar Santen qonunga muvofiq tegishli majburiyatlarga, nazorat organlarining talablari yoki huquqlariga ega bo'lsa, ma'lumotlar uzoqroq muddat saqlanishi mumkin. Sizning ma'lumotlaringizdan foydalanish zarurati yo'qolganidan so'ng, ular qaytarilmas darajada shaxssizlantiriladi yoki tiklash imkoniyatisiz yo'q qilinadi.

Avtomatlashtirilgan qaror qabul qilis

Agar boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, saytni boshqarishda yoki umumiy qaror qabul qilishda Santen faqatgina jismoniy shaxslarning ma'lumotlarini avtomatlashtirilgan qayta ishlashga, shu jumladan profilni avtomatik tayyorlashga tayanmaydi

Marketing faoliyatidagi qulaylikla

Agar biz sizning ma'lumotlaringizni marketing faoliyati uchun ishlatishimiz yoki ularni uchinchi tomonga topshirishimiz kerak bo'lsa, biz sizga bu haqda xabar beramiz va rozilik berishingizni so'raymiz. Elektron aloqa vositalaridan foydalangan holda (masalan, elektron pochta orqali) mahsulotlarimiz va (yoki) xizmatlarni to'g'ridan-to'g'ri reklama qilishda biz amaldagi qonunchilikda ko'zda tutilgan barcha zarur choralarni ko'rib chiqamiz, shunda siz reklama materiallarini qabul qilishga rozilik bildirasiz yoki ularni olishdan voz kechasiz. Har qanday holatda ham, siz har doim shaxsiy ma'lumotlardan to'g'ridan-to'g'ri marketing uchun foydalanish borasida, shuningdek, ilmiy talqindagi va axborot mazmunidagi ma’lumotlarni tarqatish borasida noroziligingizni bildirish, va (yoki) o'z roziligingizni qaytarib olish huquqiga ega bo’lasiz. Bundan tashqari, quyidagi keltiriladigan aloqa ma’lumotlari orqali bizga murojaat qilib, ushbu huquqlarni istalgan vaqtda amalga oshirishingiz mumkin

Ma'lumotlarni muhofaza qilish borasida Sizning huqularingiz

Amaldagi qonunchilikka muvofiq va har qanday qonuniy cheklovlarni hisobga olgan holda siz kompaniyadan quyidagilarni talab qilish huquqiga egasiz:

  • Sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni qayta ishlash haqida qo'shimcha ma'lumot taqdim etilishini;
  • Bizning ixtiyorimizda mavjud bo’lgan siz haqingizdagi shaxsiy ma'lumotlarga kirish huquqi bilan ta'minlashni;
  • Siz roziligingizni qaytarib olganingizdan so’ng sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashni to'xtatish; va
  • Agar shaxsiy ma'lumotlar to'liq bo'lmasa, eskirgan, noto'g'ri, noqonuniy ravishda olingan bo’lsa yoki qayta ishlash uchun kerak bo'lmasa, sha https://www.gov.uz/en/pages/general_informationxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashni vaqtincha to'xtatib turish.
    Ma'lumotlarni muhofaza qilish bilan bog'liq barcha so'rovlar Santen kompaniyasining Yevropa, Yaqin Sharq, Afrika mintaqalaridagi maxfiy ma'lumotlarini muhofaza qilish bo'limiga privacy-emea@santen.com elektron pochtasi orqali yuborilishi kerak.

Agar biz sizning so'rovingizga belgilangan muddatda javob bermasak yoki bunday huquqlarni amalga oshirish haqidagi so'rovingizga javob bermasak, siz O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ("Vazirlar Mahkamasi") va O'zbekiston Respublikasi Davlat personallashtirish markaziga (keyingi o'rinlarda – DPM deb yuritiladi) murojaat qilishingiz mumkin havola. Bundan tashqari, Santen Oy kompaniyasining nazorat organiga; Ombudsmanining ma'lumotlarni muhofaza qilish idorasi (Tietosuojavaltuutetun toimisto deb ham ataladi) shikoyat qilishingiz mumkin havola. 

Siyosatni Yangilash

Santen kompaniyasi amaldagi qonunchilikka muvofiq, texnik yutuqlarni aks ettirish, me’yoriy-huquqiy bazani o'zgartirish va Santen kompaniyasining tijorat faoliyati amaliyotini aks ettirish maqsadida ushbu siyosatga o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi. Santen kompaniyasi maxfiylik tartib-qoidalariga o'zgartirishlar kiritgan taqdirda, ularning kuchga kirishi sanasini ko'rsatuvchi bunday o'zgarishlar ushbu siyosatning yangi nashri oxirida ko'rsatilishi lozim. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan ushbu sahifani ko'rib chiqishni tavsiya etamiz, bu sizning shaxsiy ma'lumotlaringizdan foydalanish bo'yicha dolzarb ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.

Boglanish

Agar siz ushbu siyosat haqida savollar berishni istasangiz yoki Santen kompaniyasida qo'llaniladigan maxfiylik tartib-qoidalari haqida batafsil ma'lumot olishni istasangiz, Santen kompaniyasining Yevropa, Yaqin Sharq, Afrika mintaqalaridajoylashgan maxfiy ma'lumotlarni muhofaza qilish bo'limiga privacy-emea@santen.com elektron pochta orqali murojaat qiling.

Oxirgi yangilanish sanasi – 15 yanvar 2021 yil.